Savdo do'konini avtomatlash.
Oson. Kafolatli.

Qurilmalarni yetkazamiz, dasturni o’rnatamiz, tizimda ishlashni o’rgatamiz.
Kafolat beramiz.
Yil bo'yi 365 kun qo'llab quvvatlaymiz.

O'rganish oson

Telefonda nazorat

Virtual kassa

Internetsiz kassa

365 kun qo'llab-quvvatlash

Sizga ham quyidagi muammolar tanishmi?

question_mark

Foydani hisoblash qiyin va ko'p vaqt talab qiladimi?

question_mark

Narxlarni standartlash va eslab qolish muammomi?

question_mark

Sarmoya va mahsulot qoldig'i hajmini aniqlash qiyinmi?

question_mark

Biznes sarmoyasini muzlatib turgan mahsulotlarni aniqlash qiyinmi?

question_mark

Qarzdorlar bilan hisob yuritishda xatoliklar bo'lyapdimi?

question_mark

Mahsulotlar yaroqlik muddatini nazorat qilish imkonsiz bo'lyapdimi?

question_mark

Doimiy hisob yuritish holdan toydiryapdimi?

question_mark

Hodimlar, mablag'lar va mahsulot nazorati yo'qmi?

Jamoamiz yordam bergan tadbirkorlar

Jami 250+ dan ortiq

INWARE korxonasi rasman
2019-yilda ro’yxatdan o’tgan


10

Viloyat bo'ylab

250+

Biznesga o’rnatildi

map

Tadbirkorga foydasi

image

Tadbirkorlar qancha foyda topganini bilmaydi(mi?)

Bugungi tushumni qancha qismi foyda, qancha qismi sarmoya?
Qaysi mahsulotlar 80% foyda olib kelyapti? Qaysi mijozlar ko'proq foyda keltiryapti, qaysilar yaxshi foyda keltirmayapti? Avvalgi oyga nisbatan foyda o'sdimi yoki cho'kdimi?

Yiliga ~45 ish kunigacha vaqtni tejash mumkin

Dastur hisob-kitobni avtomat chiqarib beradi.
Tadbirkorni o'zi bu hisob kitobni chiqarishi uchun kuniga 30 daqiqadan bir necha soatgacha hisob-kitob bilan shug'ullanishi kerak.
Buning uchun dasturga muntazam ravishda mahsulot va mablag' kirim-chiqimi haqida axborot kiritib borishi kifoya!

Qayta haridlarni oshirish uchun sodiqlik dasturi

Mijozlar kattaroq haridlarni aynan sizni do'koningizda amalga oshirishi uchun berilgan bonuslarni dastur yordamida nazorat qiling. Natijada bonuslardan foydalanish uchun qaytib kelgan haridorlar evaziga sotuvlarni oshiring!

Nasiya savdo hisobi - dastur bilan oson

Mijoz oldi-berdi tarixi - bir oynada, oson topiladi. Qarzi va haqi avtomat hisoblanadi. Barcha mijozlarni jami qarzini istalgan vaqtda ko'rish imkoni bo'ladi.

Qanday qurilmalar kerak?

Tizimdan foydalanish uchun kompyuter yoki smartfon kifoya qiladi.
Qulaylik uchun shtrix kod skaner ulash mumkin. Chakana savdo do'konlariga skaner ulash tavsiya qilinadi.
Shtrix kodi bo'lmagan mahsulotlar uchun mini etiketka printer o'rnatish va dasturdan etiketkaga shtrix kod va narxlarni chop etish mumkin.
Qurilmalar O'zbekiston bo'yicha yetkazib beriladi.

Avtomatlash tartibi va foydalari videoda

Mutaxassis buyurtma asosida boradi. Tadbirkor qurilmalari sozlab beriladi. Dastur o'rnatiladi.
Dasturdan foydalanish 3 kunlik kurs davomida kuniga 1 - 1,5 soatdan o'rgatiladi.
Keyin korxonamiz tamonidan doimiy texnik qo'llab quvvatlab boriladi.

Boshqa dasturdan foydalanasizmi?

INWARE dasturiga oson o'tish uchun jamoamiz yordam beradi. Ma'lumotlarni ko'chirish, hodimlarni o'rgatish, moslashish va h.k.